Ahmad Yassaviy 1041 yilda Saryom (Sayram) qishlog‘ida Shayx Ibrohim xonadonida tug‘iladi. Yetti yoshida otasidan, so‘ng onasidan yetim qoladi. U Arslonbob nomli inson qo‘lida hamda aksariyat tolibi ilmlar kabi Buxoroda tarbiya va tahsil oladi. U yerda mashhur Yusuf Hamadoniydan suluk odoblarini o‘rganib, so‘ng Turkistonga qaytadi va o‘z tariqatiga asos soladi. U so‘fiylik g‘oyalari, shuningdek, o‘z tariqati asoslarini targ‘ib etishda she'rlaridan foydIslom dini aqidalari va o‘z asoslagan g‘oyalarni she'riy tarzda bayon etish asosida keng omma orasiga kirib boradi. Yassaviy hikmatlarining axloqiy, falsafiy, ilohiy asoslari to‘g‘ridan-to‘g‘ri 'Qur'on' g‘oyalari va payg‘ambar Muhammad Alayhissalom hadislari negizida shakllanadi. Ahmad Yassaviy hikmatlarida payg‘ambar Muhammad Alayhissalom ta'limotida ulug‘langan ma'naviy-axloqiy xislatlar-muruvvat, saxovat, qanoat va rostgo‘ylik targ‘ib qilinadi, bildirilayotgan fikrlar kishilarni faqat Allohga tobe bo‘lishga unUning hikmatlarida pand-nasihat asosiy o‘rin tutadi.
Ularning barchasida so‘fiylik tariqatining amollari - haqiqatni bilish. Haqni sevish, nafsu dunyodan chekinishga da'vat etuvchi g‘oyalar o‘z aksini topgandir. Inson ruhi va ongini har qanday illat, qabohatdan ozod etish kerak, ana shundagina insonda axloqida ko‘zga tashlanuvchi ayrim nuqsonlar yuzaga kelmaydi, degan fikrlar komil insonni shakllantirishning asosiy yo‘llaridan biri sifatida e'tirof etZero, tasavvuf-nafs lazzatlaridan voz kechishdir. Nafs-ochko‘zlik, o‘g‘rilik, jaholat, xudbinlikni keltirib chiqaradi. Shuning uchun qanoat Ahmad Yassaviyning hayotiy shiori sanaladi. Oziga qanoat qilish, shukronalik, halol luqma yeyish orqali inson Haq bilan 'ko‘risha' oladi, nafsga mute' bo‘lganlar esa xudbinlikdan qaytmaydi, nafs balosiga uchraydi.
Xususan:Ahmad Yassaviy nodonlik tufayli hayotda savodsizlik, diyonatsizlik, ota-ona va ustozlarga hurmatsizlik, ma'naviy qashshoqlik, yovuzlik, takabburlik, nodon insonning eng tuban shaxs ekanligi, nodonlik, razolat hukm surgan joyda, ma'rifat bo‘lmagan o‘lkada mamlakatning inqirozga yuz tutishini alohida qayd etib oAhmad Yassaviy hikmatlarida Haqqa yetish yo‘lini targ‘ib qilar ekan, insonni jaholat botqog‘idan xalos qilish lozimligiga urg‘u beradi. U 'Shariatda orif-biloh bo‘lishni, tariqatda voqif-asror bo‘lishni, haqiqatda komil-mukammal bo‘lishni, ma'rifatda daryoi ummon bo‘lishni talab qiladi'.YUqorida bayon etilgan fikrlardan anglanadiki, Ahmad Yassaviy tomonidan ilgari surilgan g‘oyalar insonni yomon illat, nafs balosidan voz kechishga undaydi. Yomon illatlar va nafs balosidan xalos bo‘lish insonni ruhiy va jismoniy komillik sari yetaklaydi.Aslini olganda, Mansur Xalloj ham, Imom G‘azzoliy ham, Ahmad Yassaviy ham ruhiy kamolotga intilganlar. Zero, ular intilgan komillik - Haqqa yetishish,-unga muhabbat qo‘yish, shu ishq dardi bilan yashash, tavba-tazarru, sabru qanoat, shijoat, to‘g‘rilik, rostgo‘ylik, samimiyat, nafsni tiyish, undan g‘olib kelish, har bir inson qalbini chirkin illatlardan xalos etuvchi faqru fano kabi xislatlarning majmuidan iboratdiAhmad Yassaviy 63 yoshidan keyingi, ya'ni payg‘ambar yoshiga yetgandan so‘ng umrining davomini yerto‘lada o‘tkazgan. Shu bilan birga Yassaviya tariqati asoschisi hisoblanadi.
