Abdulla Qodiriy

Abdulla Qodiriy - yorqin, barchaga keng ma'lum shoir va yozuvchi, dramaturg va publitsist, o'zbek adabiyotida roman janri asoschisi. Qodiriyning asarlari o'zbek xalqi hayotiga bag'ishlangan. Abdulla Qodiriyning nashr etilmagan XX asrning yigirmanchi yillari yozilgan sahna asari asosida rejissyor Mark Vayl o'zining Toshkentdagi Ilhom teatrida “Oppoq qora laylak” sahna asarini qo'ygaAbdulla Qodiriy (Julqunboy) 1894 yil Toshkentda badavlat savdgar oilasida tug'ilgan. Yoshlik va o'smirlik yillardagi muhit - savdogarlar, boylar va kambag'al dehqonlar, iqtidorli hunarmandlar, doim muhtojlikda kun kechiruvchi kosiblar va yersiz dehqonlardan iborat bo'lgan.

Ushbu mehnatkash odamlar dunyosi, shuningdek, shahar ziyolilari bo'lajak yozuvchi shakllanishida muhim o'rin tutdi.Abdulla yoshiligidan uzoq umr kechirgan (Qodir aka 102 yil umr ko'rgan) va ko'pni ko'rgan otasining hikoyalarini tinglab o'tirar edi, otasidan u adabiy faoliyatida as qotgan sezgir kuzatuvchanlikni meros qilib olgan. Uning otasi bog'dorchilikni juda yaxshi ko'rgan, shu sabab, Qodiriyning o'zini bog'bonning o'g'liman, degan fikrlarini uchratish mumkin. Abdulla Qodiriy avvaliga musulmon maktabida (1904-1906), keyin — rus-tuzem maktabida (1908-1012) o'qib, muvaffaqiyatli yakunlaydi. 1912 yil kelib, Abdulla Qodiriyning nisbatan birinchi adabiy tarjribalari boshlanadi. O'zining ilk nashr etilgan asarlarida - “Xotinboz” (1915) va “Baxtsiz kuyov” (1915) hikoyalarida eski o'zbek turmushining chizgilari hajviyona ifodalangan. 1915-1917 yillar Qodiriy Abdul Qosim madrasasida arab va fors tillarini astoydil o'rganadi. Yozuvchining inqilobdan avvalgi asarlarida jadidchilik ta'siri sezaladi.

Sovet davrida A. Qodiriy V. Ya. Bryusov (1924-1925) nomidagi Moskva adabiy kurslarida o'qiydi, so'ngra, 1925-1926 yillar Toshkentda, “Mushtum” o'zbek hajviy jurnalida ishlaydi. U yerda kitobxonning katta muvaffaqiyatiga sazovor bo'lgan ijodkorning hajviy hikoyalari va feletonlari chop etiladi. Qodiriyning roman va qissalari (“O'tgan kunlar”, “Mehrobdan chayon”), shuningdek, jamoaviy ijodi (“Obid Ketmon” qissasi) XIX asr toshkentlik va qo'qonlik o'zbeklar hayotiga bag'ishlangan. “O'tgan kunlar” romani katta shuhrat qozongan. Barcha ziyolilar ushbu kitobni o'qishga intilgan. Va hatto, savodsiz kishilar uni tinglash uchun guruh bo'lib to'planishgan. Ko'plab o'zbek oilalarida romanning Otabek va Kumush qahramonlarining ismlari paydo bo'la boshlagan.Abdulla Qodiriy qatag'on qilingan. 1937 yilning 31 dekabrida “xalq dushmani” sifatida hibsga olinadi, bunga hasadgo'y “qalamkash hamkasblari” qo'l urgan.

1938 yilning 4 oktabr kuni yozuvchi otib tashlangan, o'limidan so'ng oqlangan. Toshkentdagi Xo'ja Alambardor (Kamolon) qabristoniga dafn etilgan.A. Qodiriyning o'limidan so'ng kimning ko'lida “O'tgan kunlar” romanini ko'rishsa, o'shalarni qamashgan. Keyin vaziyat o'zgargan...1957 yil Abdulla Qodiriy rasman oqlangan. Ammo uni otib tashlanganligi haqidagi ma'lumot (o'limidan so'ng oqlanganligi haqidagi ma'lumot kabi) uzoq yillar sir saqlangan! Shunday qilib, 1958 yil “O'tgan kunlar” romani rus tiliga o'girilgach, unga Abdulla Qodiriyning o'limi bilan bog'liq hech qanday ma'lumotsiz tarjimai xoli yozilgan. Tarjimai xol muallifi - taniqli yozuvchi Izzat Sultonov. “Mehrobdan chayon” romanining rus tiliga sharh yozishga tarjimai xol uchun notanish ma'lumot taqdim etilgan. Unda qisqagina: “Abdulla Qodiriy 1939 yil vafot etgan”, deb yozilgan.Abdulla Qodiriyning XX asrning o'ttizinchi yillari qoraxad bilan yozilgan, nashr etilmagan sahna asari asosida Mark Vayl “Oppoq laylak” sahna asarini o'zining Toshkentdagi Ilhom teatrida sahnalashtiradi.

Hozirda Toshkentning markaziy ko'chalariga, Chorsu yaqinidagi madaniyat bog'i va Yunusobod metro bekatiga yozuvchining nomi berilgaAbdulla Qodiriy o'z xalqining hayotini birovlar orqali va kitoblardan bilgan emas, u bevosita odamlar bilan suhbat qurib, ularning alohida jihatlarini o'ziga singdirgan. U eski uslubdagi maktabni yakunlab, rus-tuzem maktabida va madrasada tahsil oladi. Navoiy, Lutfiy, Muqimiy, Furqat, Cho'lpon, Fitrat va boshqa o'zbek adabiyoti mumtoz ijodkorlarining asarlari mutolaasi bilan qiziqadi.Ushbu o'ziga xos yozuvchi ikki asr bo'sag'asida shakllangan — mukammal, qarama-qarshi, ijtimoiy, siyosiy va axloqiy iztiroblarning notinch davri.

Albatta, bu davrlar uning asarlarida ham qarama-qarshi, ijtimoiy va turmush xurofotlaridan erkin bo'lmagan sezilarli iz va dunyoqarash qoldirdi.Umuman olganda, Abdulla Qodiriyning adabiy izlanishlari doimiy ko'tarilishlar, ajoyib ijodiy siljinishlar bilan belgilanadi.Qodiriyning ijodiy javohiri — “O'tgan kunlar” (1926) va “Mehrobdan chayon” (1929) tarixiy romanlari - o'zbek adabiyoti tarixiy mavzuidagi ilk asarlar.Abdulla Qodiriydagi tarixiy mavzuga bo'lgan qizqishi o'z xalqining o'tmishini tushunishga bo'lgan intilishi, uning sabri, mehnatkashligi, xalqning ozodlik va mustaqillik sari qahramonona kurashi bilan izohlanadi.1961 yil rus tilida chop etilgan “Mehrobdan chayon” romanining o'ziga xos xususiyatlaridan biri shundaki, yozuvchi o'zbek xalqi hayoti va tarixini, davr ranglarini yorqin va sidqidildan ifoda etib bera olgan, qahramonlar fe'l-atvorini XIX asrning 40-yillariga xos sharoitlarda ochib bera olgan.Ushbu yangilikni ochishda Abdulla Qodiriy o'zbek tarixiy romannafisligiga asos soladi. O'zining “Mehrobdan chayon” romanida yozuvchi haqiqat yo'nalishi an'analarini sezilarli boyitgan, qahramonlarning psixologik shakliga muhim hissa qo'shgan, insonning ichki dunyosini ifoda etishning yangi usullarini ochgan, qahramonlarning fe'l-atvori o'zgarishini ko'rsatib bergan.“Mehrobdan chayon” romani - ikki asr bo'sag'asidagi turkiston jamiyatining ijtimoiy, axloqiy hayoti haqidagi roy-ro'st asar.

rectangle