O‘zbekiston – Yaponiya: O‘zbekiston Respublikasi 1992 yil 26 yanvarda Yaponiya davlati bilan diplomatik aloqalarni o‘rnatgan edi. Ikkala mamlakat o‘rtasida uzoq yillardan beri davom etib kelayotgan mana shunday do‘stlik va tinchlik aloqalari xalqlarni yanada yaqinlashtirib kelmoqda. Hozirda ko‘pchilik Toshkent shahrida faoliyat yuritayotgan O‘zbekiston Badiiy Akademiyasi tasarrufidagi Ikuo Xirayama Xalqaro madaniyat karvon saroyini Ikuo Xirayama nomida deb bilishadi. Aslida esa mana shu maskanni O‘zbekiston–Yaponiya madaniy aloqalarining yanada rivojlanishiga katta hissa qo‘shgan, davlat arbobi va ijodkor, rassom Ikuo Xirayama o‘z mablag‘iga qurdirgan.Umumiy ko'rinish A bino. Kichik korgazmalar zali.Ikuo Xirayama 1930 yil 15 iyunda Yaponiyaning Xirosima shahridagi “Ikuchi - jima” kichik orolda tug‘ilgan.Ikuo Xirayama taxminan 40 yil davomida rafiqasi Michiko Xirayama bilan Buyuk ipak yo‘li bo‘ylab 150 marta sayohat qilgan va ko‘plab asarlar yaratgan.
![[object Object]](/_next/static/media/muzey.1318f078.png)
